14:27 Roberto Manchini Angliyaning eng ko‘p maosh oladigan murabbiyiga aylandi | |
Angliyaning "Manchester Siti” futbol klubi bosh murabbiyi Roberto Manchini jamoa bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda "Manchester Siti” rasmiy sayti xabar bermoqda. Yangi shartnoma besh yil muddatga mo‘ljallangan. "The Daily Mail” ma’lumotlariga ko‘ra, 47 yoshli Manchinining maoshi 7,5 million funt-sterlingni tashkil etadi. Avvalgi shartnoma bo‘yicha Manchini yiliga 3,5 million funtni tashkil etar edi. "Siti” bilan imzolangan yangi shartnoma Manchinini Angliyada eng ko‘p maosh oladigan murabbiyga aylantiradi. Bungacha Londonning "Arsenal” klubi bosh murabbiyi Arsen Venger orol-mamlakatning eng ko‘p maosh oladigan futbol mutaxassisi edi – uning yillik maoshi 6 million funt-sterlingni tashkil etadi. "Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Aleks Fergyusonning maoshi yiliga 4 million funtni tashkil etadi. Avvalroq rus matbuotida Roberto Manchini Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangani haqida xabarlar tarqalgan edi. Unga ko‘ra, italiyalik mutaxassisga yillik maoshi 7,2 million dollarga teng bo‘lgan olti yillik (ba’zi manbalarga ko‘rta to‘rt yillik) shartnoma taklif qilingan. Roberto Manchini murabbiylik faoliyatini 2001-yilda Italiyaning "Fiorentina” klubida boshlagan bo‘lib, "Manchester Siti”ga kelgunicha Italiyaning "Latsio” hamda "Inter” klubida ishlagan. 2011/12-yilgi mavsum yakuniga ko‘ra "Manchester Siti”ni Angliya chempioniga aylantirgan Manchini turli yillarda bir necha bor Italiya chempionligi va Kubogini qo‘lga kiritgan. | |
Категория: Sport Yangiliklari | Просмотров: 575 | |
Всего комментариев: 0 | |