Главная » 2015 » Январь » 25 » Ronaldu 4 o‘yindan 12 o‘yingacha diskvalifikatsiya qilinishi mumkin
14:17
Ronaldu 4 o‘yindan 12 o‘yingacha diskvalifikatsiya qilinishi mumkin

“Kordoba” bilan o‘yinda raqib futbolchisining yuziga urgani uchun maydondan chetlatilgan Krishtianu Ronaldu 4 o‘yindan 12 o‘yingacha diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Bu haqda “Stadion.uz” xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘yinning 82-daqiqasida hakam Ronalduga to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatdi. Jarima zarbasi o‘yinga kiritilganidan so‘ng Ronalduning oyog‘idan borgan to‘pni darvozabon egallab oldi. Krishtianu esa yonida turgan himoyachining yuziga urdi. Shundan so‘ng u boshqa himoyachining yuziga turtdi.

“Real” ushbu o‘yinda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va 48 ochko bilan peshqadamlik qilishda davom etmoqda. Ronaldu esa 28 ochko bilan La liga to‘purarlari orasida karvonboshi bo‘lib turibdi.

 

Manba: DARYO.UZ

Категория: Sport Yangiliklari | Просмотров: 545 | Добавил: Sherzod_230688
Всего комментариев: 1
14:23
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]