Главная » 2014 » Август » 8 » Rossiya hukumati javob sanksiyalari tegishli bo‘ladigan oziq-ovqatlar ro‘yxatini tasdiqladi
09:31
Rossiya hukumati javob sanksiyalari tegishli bo‘ladigan oziq-ovqatlar ro‘yxatini tasdiqladi
Rossiya Federatsiyasi hukumati Avstraliya, Kanada, Yevropa Ittifoqi, AQSh va Norvegiyadan bir yil muddatga mol go‘shti, cho‘chqa go‘shti, parranda go‘shti, baliq, pishloq va meva-sabzavot mahsulotlari importini butunlay taqiqladi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning Vazirlar Mahkamasi majlisidagi bayonotiga tayanib, “ITAR-TASS” xabar berdi.



“Shu bilan birga, G‘arb harakatlariga javoban Rossiya tomonidan kiritiladigan sanksiyalar bolalar ozuqasi va kishilar o‘zlari chet eldan sotib oladigan mahsulotlarga tegishli bo‘lmaydi”, — deya ta’kidladi Medvedev.

Bosh vazirning qo‘shimcha qilishicha, cheklovlar bugungi kundan bir yil muddatga joriy qilinadi. “Biroq sheriklarimiz hamkorlik masalalari bo‘yicha konstruktiv yondashuvni namoyish eta bilsa, Rossiya hukumati ushbu choralarning amal qilish muddatini qayta ko‘rib chiqishga tayyor”, — dedi u.
Прикрепления: Rasm 1
Категория: DUNYO XABARLARI | Просмотров: 1464 | Добавил: Sherzod_230688
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]