Главная » 2014 » Ноябрь » 17 » Rossiya prezidenti Vladimir Putin G20 sammitini muddatidan avval tark etdi
13:57
Rossiya prezidenti Vladimir Putin G20 sammitini muddatidan avval tark etdi

16-noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Avstraliyada bo‘lib o‘tayotgan G20 sammitini muddatidan avval tark etdi. Bu haqda “Meduza” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Rossiya rahbari yakuniy taomni sammitning boshqa ishtirokchilari bilan birgalikda tanovul qilishdan bosh tortgan. U o‘zining mazkur qarorini Vladivostok orqali Moskvaga yetib borish uchun uzoq parvoz qilishi lozimligi bilan izohlagan.

Eslatib o‘tamiz, 15-noyabr kuni Reuters agentligi Vladimir Putin sammitni rasmiy yakunlash marosimiga qadar tark etishi haqida xabar bergan edi. Rossiya rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa mazkur axborotni rad etgan edi.

 

 

Manba; Daryo.uz

Прикрепления: Rasm 1
Категория: DUNYO XABARLARI | Просмотров: 756 | Добавил: Sherzod_230688
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]