Главная » 2015 » Январь » 30 » Rummenige: “FIFA prezidentligi uchun saylovlar natijasi aniq — Blatter qayta saylanadi”
19:50
Rummenige: “FIFA prezidentligi uchun saylovlar natijasi aniq — Blatter qayta saylanadi”

Myunxenning “Bavariya” klubi boshqaruv kengashi raisi Karl-Xayns Rummenige FIFA prezidentligi uchun saylovlarda Yozef Blatterning g‘alaba qozonishiga shubha qilmasligini ta’kidladi. Bu haqda “Stadion.uz” xabar bermoqda.

“FIFA prezidentligi uchun saylovlar natijasi deyarli aniq va unda Blatter g‘alaba qozonishiga shubham yo‘q. Bu demokratik saylov va unda 206 ta federatsiya ishtirok etadi. Menimcha, saylovchilarning to‘rtdan uch qismi Blatterga ovoz beradi va bu saylovda Blatter katta farq bilan g‘alaba qozonadi. Uning sha’niga Germaniya, Angliya yoki yana bir ikki joydan tanqidlar bo‘lishi mumkin, ammo qolgan 200 ta mamlakatda uning obro‘si juda katta va bu faktdir”, — dedi Rummenige.

Eslatib o‘tamiz, FIFA prezidentligi uchun saylovlar shu yilning 29-may kuni bo‘lib o‘tadi. Amaldagi prezident Yozef Blatter beshinchi marotaba FIFA prezidentligi uchun saylovlarda o‘z nomzodini qo‘ymoqda. Saylovlarda Blatterdan tashqari, FIFA sobiq bosh kotibi Jerom Shampan, Niderlandiya Qirolligi Futbol Uyushmasi rahbari Mixael van Praag, Iordaniya shahzodasi va FIFA vitse-prezidenti Shahzoda Ali bin Al Husayn va Real klubi sobiq yarim himoyachisi Luish Figu o‘z nomzodini qo‘ygan.

Прикрепления: Rasm 1
Категория: Sport Yangiliklari | Просмотров: 1931 | Добавил: Sherzod_230688
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]