Главная » 2012 » Январь » 2 » Sagdianani hayoti va ijodi
22:07
Sagdianani hayoti va ijodi

San’atga qadam qo’yish

tarixi.
Sogdiana 1984 yil 17 fevral
kuni Toshkentda tavallud topgan. Sogdiana juda ham
yoshligidan turli xil bolalar tadbirlarida, bayramlarda faol
ishtirok etardi. 1991 yil Glier nomli maxsus musiqa maktabiga
o’qishga kirdi. U yerda fortepiano yo’nalishi bo’yicha tahsil oldi.
Katta pioninochi bo’lib yetishishiga ishonch bor edi. Hatto turli
xil tadbirlarda ishtirok etib, laureat ham bo’lgan. 1996 yili
Uspenskiy nomidagi musiqa maktabiga o’qishga kirib, u yerda
ham fortepiano bo’yicha dars oldi. Aynan mana shu yili
Sogdianada estrada san’atiga ham qiziqish uyg’ondi. 1998
yildan buyon Dilorom Omonullaeva ustozligida vokal bo’yicha
dars ola boshladi.
Sogdiana yakkaxon ijodini boshlashidan avval "Skitles” nomli
qizlar guruhida qo’shiq kuylab yurdi. "Skitles” guruhida 7 nafar
qiz faoliyat yuritardi. Biroq bu guruh atigi bir necha haftagina
ijod qildi xolos. So’ng yarim yil "Virtek” nomli duet guruhida
ijod qildi. Oradan biroz vaqt o’tgach guruhning bir vakili
sahnani bir umrga tark etishini ma’lum qilgach, Sogdiana
endilikda yakkaxon kuylashi lozimligini angladi.
Yakkaxon ijod qilish avvaliga Sogdianani ancha qiynadi.
Bugungi murakkab estrada olamida o’z o’rnini topib olish – bu
menimcha eng qiyin vazifa! Eng asosiy yo’l esa avvaliga
repertuarga to’g’ri qo’shiq tanlash, aktyorlik mahoratini oshirish
va sahna harakatlarini o’rganish edi…
2001 yil O’zbekiston Milliy Konservatoriyasiga, estrada
fakultetiga o’qishga kirdi.
Shuningdek, Sogdiana ko’plab turli tadbir va festivallarda
ishtirok etdi. Bu kabi festival va tadbirlar ijodiy parvozlarga
ilhom bag’ishlab, san’atkorni kuchli va irodali bo’lishiga yordam
beradi, o’ziga bo’lgan ishonchni yanada ortishiga sababchi
bo’ladi. Shu yili "Mening ko’nglim” nomli, 13ta qo’shiqdan iborat
"Mening ko’nglim” nomli ilk albomi ham sotuvga chiqdi.
Aslida barchasi 1997 yil boshlangan edi. O’shanda Sogdiana
yurtimizda o’ziga xos mavqega ega bo’lgan "Poyte s
nami” ("Biz bilan kuylang”) televizion tanlovida ikki bor ishtirok
etgan edi. Birinchi ishtiroki yuqorida aytganimizdek, 1997 yil
bo’lgan edi, o’shanda Sogdiana atigi 13 yoshda edi (tanlovda
esa 16 yoshdan kattalar ishtirok etishga haqli), bo’ylari
uzungina, qaddi-qomati kelishgan qiz bo’lganligi uchun ham 16
yoshli qiz sifatida ishtirok etgan…
Ikkinchi ishtirokida 16 yoshga to’lgan edi va fahrli ikkinchi
o’rinni zabt etdi. Keyin esa professional tanlovlarda ishtirok eta
boshladi: "Sado- 99” tanlovida birinchi o’rinni; "Aziz ona yurtim
navolari” tanlovida ikkinchi o’rinni (birinchi o’rin hech kimga
nasib etmagan); "O’zbekiston – bizning umumiy uyimiz”
festivalida "Eng yaxshi ovoz sohibasi” yo’nalishida g’oliblikni
qo’lga kiritgan.
Shundan so’ng 2003 yil Sankt-Peterburg shahriga xalqaro
festivalda ishtirok etish uchun yo’l oldi. Birinchi bor xalqaro
festivalda ishtirok etganligi bois juda ham hayajonlanib,
qo’rquvdan o’zini yoqotib qo’yishiga oz qoldi. Ammo u yerda
ham laureat bo’lib qaytish Sogdiananing navbatdagi katta
yutug’i edi. Mazkur tanlovda g’oliblikni qo’lga kiritish uchun
uning "Ishon” va "Hero” nomli mualliflik qo’shiqlari yordam
berganini alohida ta’kidlab o’tish o’rinli.
Sogdiana o’zining ilk qo’shig’ini 4 yoshligida yozganligi
ko’pchilikni hayratga solishi tabiiy. Ushbu qo’shiq o’zining jajji
kuchukchasiga atab kuylangan edi. Umuman jonivorlarni
(asosan kuchukchalarni) xush ko’ruvchi Sogdianani qo’shiq
so’zlari ta’sirlantirib, mazkur qo’shiqni yaralishiga sabab bo’lgan
bo’lsa ajab emas.
2003 yil O’zbekiston respublikasi prezidenti Islom Karimov
tomonidan ta’sis etilgan "Nihol” (eslatib o’tamiz mazkur
mukofot faqatgina 30 yoshgacha bo’lgan ijodkorlarga taqdim
etiladi) mukofotini qo’lga kiritdi. Bu nufuzli mukofot uni yanada
ijodga jiddiy yondashishiga sababchi bo’ldi.
2005 yil Sogdiana Bolgariyaning Varna shahriga XIV xalqaro
pop-musiqasi festivaliga yo’l oldi. Mana shu nufuzli festivalda
ham eng yaxshi ijro uchun ikkinchi o’rinni qo’lga kiritdi
(uchinchi o’rin maltaliklarga, birinchi o’rin esa italiyalik
xonandalarga nasib etdi). Darvoqe, agarda italiyalik yana ozgina
bal yig’a olganda gran-pri sovrindoriga aylanardi, Sogdianaga
esa birinchi o’rin tegardi… Shuni o’zi ham katta yutuq shunday
emasmi? Ha aytgancha, Sogdiananing iste’dodiga tan bergan
prodyuser va hay’at a’zolari sevimli xonandamizni
Makedoniyaga "Eurofest” festivaliga taklif qilishganliklari ham
buni isboti bo’la oladi. Ushbu festival turli xil Evropa festivallari
va tanlovlarida g’oliblari festivali sanaladi (ahamiyat bering-a,
italiyalik burnini tishlab qoldi)…
2005 yili Bakalavr kurslarini tamomlab, shu zahotiyoq eng katta
ballar bilan O’zbekiston Milliy Konservatoriyasini
Magistraturasiga o’qishga kirdi.
Sogdiana uchun 2005 yil juda katta yutuqlar olib keldi.
Jumladan, noyabr oyida Italiyaning Solerno shahrida o'tkazilgan
"Canzoni dal mondo" xalqaro pop musiqasi festivalida ishtirok
etib, bir emas naqd ikki yo'nalish bo'yicha g'oliblikni qo'lga
kiritdi. Ya'ni, biri "Festivalning eng yaxshi xonandasi"
yo'nalishida bo'lsa, ikkinchisi "Eng yaxshi aranjirovka" ("Yurak
mahzun" qo'shig'i uchun, Ravil Gimazutdinov aranjirovkasi)
yo'nalishida tengsiz deb topildi.
"Ovora bo'lma", "Netay", "Yurak mahzun" qo'shiqlariga
ishlangan kliplari ham muxlislar tomonidan iliq kutib olindi.
Sogdiananing chiroyli tabassumi, xushchaqchaqligi va yulduzlik
kasalligidan yiroqligi uning eng asosiy yutug'idir.
Категория: MASHXURLAR XAYOTI | Просмотров: 1790 | Добавил: -=BENOM=-
Всего комментариев: 2
20:17
Omad
20:17
Ma'lumot uchun raxmat
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]