Главная » 2012 » Апрель » 16 » Salvadorda so‘nggi uch yilda birinchi marta qotilliklarsiz kun qayd etildi
21:15
Salvadorda so‘nggi uch yilda birinchi marta qotilliklarsiz kun qayd etildi

2012-yilning 14-aprel kuni Salvador hududida birorta ham qotillik sodir bo‘lmadi. Bu haqda, mamlakat prezidenti Maurisio Funesga (Mauricio Funes) asoslanib, "Reuters” axborot agentligi xabar bermoqda.

Qotilliklarsiz ilk kun Funes prezident bo‘lgan 2009-yilning iyunidan beri birinchi marta qayd etildi. O‘shanda Salvadorda kuniga 12ta qotillik sodir bo‘lgan bo‘lsa, 2012-yil boshida esa ushbu ko‘rsatkich kuniga 18tagacha ko‘paygandi.

Agentlikning qayd etishicha, 2012-yilning mart oyida Salvadorning raqobatchi ikki jinoiy guruhi – Mara Salvatrucha bilan Mara 18 o‘zaro yarashuv haqida kelishuvni e’lon qilganidan keyin mamlakatdagi jinoyatchilik darajasi pasaygan. Ayni vaqtda, Funesning ta’kidlashicha, kriminogen vaziyatning yaxshilanishiga hukumatning sa‘yi-harakatlari sabab bo‘lgan.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, har 100 ming nafar salvadorlikka 66ta qotillik to‘g‘ri keladi. "Reuters”ning qayd etishicha, odatda qotilliklar uchun javobgarlik Salvadordan tranzit sifatida foydalanadigan Meksika narkokartellariga tushadi. Mamlakatning jami aholisi soni 6 million nafarga teng bo‘lib, Salvador Markaziy Amerikaning aholisi eng zich joylashgan davlati hisoblanadi.

Категория: DUNYO XABARLARI | Просмотров: 547 | Добавил: number_1
Всего комментариев: 2
08:05
hudoga wukur bizada tinch
13:59
Qotillar ko'p ekanda u erda.Xa ma'lumot uchun raxmat
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]