Главная » 2014 » Июль » 5 » Samsung yangi reklamasida iPhone foydalanuvchilarini masxara qildi (video)
07:57
Samsung yangi reklamasida iPhone foydalanuvchilarini masxara qildi (video)
Samsung o‘zining yangi reklama roligida smartfonini tez-tez zaryadlashga majbur bo‘lgan iPhone 5s foydalanuvchilari ustidan kuldi. Bu haqda 9to5Mac ma'lumotiga asoslanib “Rossiyskaya Gazeta” xabar beradi.
Videoda iPhone 5s hamda Galaxy S5 foydalanuvchilarining aeroport zalida navbat kutishlari tasvirlangan. Unda iPhone foydalanuvchilari istalgan yer: yo‘lak, hojatxona va boshqa jamoat joylarida mavjud bo‘lgan rozetkalarda smartfonlarini zaryadlayverishadi. Bu bilan bir qancha qiyinchiliklarga duch kelishadi. Shu sababli ular asabiy va xafa ko‘rinadi. Rolik davomida farrosh changyutgichni ishga tushirish uchun bitta rozetkadan iPhone foydalanuvchisini uzib qo‘yadi. Shunday qilib, u ham boshqa bir qancha “ayfon”ini zaryadlash uchun rozetka izlayotganlar safiga qo‘shiladi. Mualliflar videoni Wall-Huggers – “devor quchoqlovchilar” deya nomlagan. Rolikda ko‘rsatilganidek, iPhone foydalanuvchilari doim devordagi rozetka yonida bo‘lishlari bunga sabab bo‘lgan. Videoda Galaxy S5 foydalanuvchilari esa hayotdan hursand va xushchaqachaq tasvirlangan. Chunki ular quvvati tugagan batareyani almashtirishlari yoki kam energiya sarflanadigan rejimga o‘tishlari mumkin. Kam energiya sarflanadigan rejimda smartfon batareyasi 10 foizdan kam qolgan bo‘lsa ham, oq-qora ekran va barcha aloqalarning o‘chirilishi bois bir sutka ishlay oladi.
Samsung kompaniyasining yangi reklama roligi 3-iyulda YouTube’ga joylashtirilgan va bir sutka davomida 600 mingdan oriq ko‘rilgan. Eslatib o‘tamiz, bu raqobatchi kompaniyalar bir-birining kamchiligini ko‘rsatib masxara qilgan birinchi videorolik emas.
Прикрепления: Rasm 1
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 445 | Добавил: Sherzod_230688
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]