Главная » 2014 » Август » 15 » Sanksiyalar tufayli Putinning reytingi oshib ketdi
07:12
Sanksiyalar tufayli Putinning reytingi oshib ketdi
Ukrainadagi janglar va G‘arb sanksiyalari fonida Rossiya rahbariyati harakatlarining jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanish darajasi tobora oshib bormoqda, deya xabar berdi BBC.



Rossiya jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi xabariga ko‘ra, rossiyaliklarning 63 foizi Vladimir Putinning Ukrainaga nisbatan xatti-harakatlarini ma’qullaydi. Levada markazi (Yuriy Levadaning tahlil markazi) ma’lumotlariga qaraganda, mamlakatning 82 foiz aholisi prezident uchun ovoz berishga tayyor. Biroq ekspertlar bunday ko‘rsatkichlarning kuzgacha saqlanib qolishiga shubha qilmoqda.

“Nezavisimaya gazeta” yozishicha, so‘nggi yarim yil ichidagi voqealar Putinning reytingiga ijobiy ta’sir o‘tkazgan. Bular avvalo, Putinning shaxsiy loyihasi sifatida baholangan Sochi Olimpiadasi va vatanparvarlik hissini qo‘zg‘atgan Qrimning qo‘shilish voqealaridir.

Biroq reyting bilan bog‘liq vaziyat yil davomida o‘zgarishi taxmin qilinmoqda. Siyosatshunos Nikolay Petrov ta’kidlashicha, vaziyat ikki xil sababga ko‘ra o‘zgaradi. “Birinchidan, Ukraina sharqidagi nizolar ertami-kechmi bartaraf bo‘ladi — odamlar Kreml qanday qilib bo‘lsa ham ayirmachilarni qo‘llab-quvvatlab tura olmasligini tushunadi. Biroq obro‘ni yo‘qotmay turib yordam berishdan bosh tortib bo‘lmaydi. Ikkinchidan, hozircha sanksiyalar va ularga javob jamoatchilik tomonidan Putin siyosatining ‘zo‘r’ligi sifatida qabul qilinmoqda. Ammo kuzga kelib, ular oddiy rossiyaliklarning cho‘ntagiga zarar yetkaza boshlaydi va unda vatanparvarlik shiorlari bilan vaziyatni to‘g‘rilab bo‘lmay qoladi”, — dedi u.


Manba: Daryo.uz
Прикрепления: Rasm 1
Категория: DUNYO XABARLARI | Просмотров: 1237 | Добавил: Sherzod_230688
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]