04:53 Sevgini yolg'onlari | |
SEVGINI YOLG'ONLARI Charchadim sevgining yolg'onlaridan Qaydanam uchratdim? Qaydanam sevdim? Nima topdim ayting baxtmi, shodlikmi? Yo'q. Yo'q. Unday emas. Men o'tda kuydim. Endi yuragimga abadiy muhr Sevgining alamli aks-sadosi. Ishqning malikasi bo'lay dedim, lek Bo'lolmadim. Chunki men uning gadosi. Barchindek sevgimga kuch bo'lmoqchidim Biroq Alpomishdek bo'lmadi yorim. Bo'lmadi Farxoddek, bo'lmadi Majnun Men kimga aytayin ohim-u zorim? Necha yil yig'ladim muhabbatim deb, Ko'z yoshlar daryodek oqdi-yu ketdi. Bu azob, bu alam, bu siqilishlar Ey, xudo juda ham jonimga tegdi. Yordam ber Ollohim uni unutay Undan ko'rganlarim sitamlarni ham. Qalbimdagi kuygan jarohatlarga Ber tangrim, topib ber o'zing bir malham. Yaralarim bitsin o'rni qolmasin Gul unsin hosilsiz tuproqlarimdan. Nur bergin zimiston hayotimga ham Qoqilmay ketay umr so'qmoqlaridan. Прикрепления: Rasm 1 | |
Категория: SEVGI | Просмотров: 684 | |
Всего комментариев: 4 | |
| |