Главная » 2011 » Декабрь » 7 » Shahzoda Fransiyalik DJ bilan navbatdagi hitni yozdi!
09:49
Shahzoda Fransiyalik DJ bilan navbatdagi hitni yozdi!

Xabaringiz bor Shahzoda nafaqat o'zbek muxlislari uchun, balki xorijiy muxlislar uchun ham ijod qilishni boshlab yuborgan. Buning natijasi o'laroq, Shahzoda yangi albomini faqat ingliz tilidagi qo'shiqlar bilan to'ldirishni rejalashtirgan. Mana shu albom uchun navbatdagi hit taronani Shahzoda Fransiyalik DJ bilan yozib tugatdi.

"Flying Tonight" ("Tungi parvoz") deb nomlangan mazkur qo'shiqni Shahzoda Fransiyada nomi chiqqan Sean Bay ismli DJ bilan birgalikda tayyorladi. Bu ijodkorning qo'shiqlari butun dunyo bo'ylab jarang sochishga ulgurgan. "Flying Tonight" deb nomlangan yangi taronaning taqdimoti 2012 yil 17 yanvarida Evropada bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Shuningdek, qo'shiq uchun birgalikda klip ham tasvirga tushirish rejalar daftaridan o'rin olgan. Qo'shiqning dunyo miqyosidagi prem'erasi o'tgachgina, uni bizning radioto'lqinlarimiz orqali ham tinglash imkoniyatiga ega bo'lasiz.
Прикрепления: Rasm 1
Категория: Shou biznes | Просмотров: 520 | Добавил: Sherzod_230688
Всего комментариев: 1
01:54
Omad lekin yoqmaydi
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]