Ma`lum bo`lishicha, insonning qay holatda uxlab yotishiga qarab uning qanday odamligini aniqlasa bo`larkan...
Qat`iyatsiz, odamovi va har narsadan hadiksiraydigan kishilar ona qornidagi homila singari g`ujanak bo`lib, tizzalarini iyaklariga tirab, yonbosh bo`lib yotishga odatlanishar ekan.
Bosiq fe`lli, qat`iyatli va har qanday sharoitga tezda moslashib ketadigan kishilar yarim homila shaklida, ya`ni tizzalarini qorniga tirab, yonbosh holda uxlashadi.
Qo`llarini atrofga tashlagancha, yelkasidan osmonga qarab uxlovchilar yoshligidanoq hammaning diqqat-e`tiborini tortuvchi, o`z shaxsining kuch-qudratiga ishonuvchi kishilardir. O`zini har dam ustun qo`yuvchi kishilar, boshqalarni izzat-ikromi, sovg`alarini hech ikkilanmasdan qabul qiladi. O`z navbatida hech kimdan qarz bo`lib qolishni istamaydi.
Xayolidagi har bir voqeani sinchiklab o`rganadigan, kutilmagan tasodiflardan ehtioyt bo`lib yuruvchi kishilar qorni bilan yotib uxlashadi. Odatda bunday kishilar har bir ishni a`lo darajada bajarishga urunishadi.
Salga xafa bo`lib qoluvchi, ehtiroslarga tez beriluvchi kishilar qo`llari bilan boshini yopib ulxashadi