Главная » 2011 » Декабрь » 19 » Sog'inganim, sog'inchingni yashirma faqat
16:40
Sog'inganim, sog'inchingni yashirma faqat

Ovunaman suratingga boqib bir onga

Ish berdingmi, ey, allohim menday yomonga 

Ko'zlaringsiz eshik ochib har tong armonga,
Sog'inganim, sog'inchingni yashirma faqat

Dil azobim, muhabbatim sarob bil mayli,
Jilovlangan g'irotimni xarob bil mayli,
Kimsa so'rmas bu holimni ishq-la til mayli,
Sog'inganim, sog'inchingni yashirma faqat

Qo'li baland kelar menda sog'inch azobi,
Yo'qlay olmam lahzalarga bilmoqlik holi,
Titrab yotar lablarimda yurak savoli,
Sog'inganim, sog'inchingni yashirma faqat

Tanholikka surgun qilib o'zim o'zimni,
Nomalarda bitdim zabon bilmas so'zimni
Ham rostim, ham yolg'onimsan yoshli ko'zimni,
Sog'inganim, sog'inchingni yashirma faqat

Sirlarimni izhor qildim tog'larga sado
Qatra-qatra yosh ostida olam-ki ma'no
Orzu daraxt soyasi ham men uchun ro'yo
Sog'inganim, sog'inchingni yashirma faqat
Прикрепления: Rasm 1 · Rasm 2
Категория: SHERIYAT OLAMI | Просмотров: 597 | Добавил: NiNoChKa
Всего комментариев: 151 2 »
01:17
zur
01:17
zur
01:16
zur
01:16
zur
01:16
zur
01:16
zur
01:16
zur
01:16
zur
01:16
zur asalim
17:07
omad
1-10 11-15
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]