Главная » 2014 » Июль » 24 » Sukerberg Facebook’ning soxta egasiga qarshi guvohlik beradi
13:44
Sukerberg Facebook’ning soxta egasiga qarshi guvohlik beradi
Facebook asoschisi Mark Sukerberg soxta hujjatlarga asoslanib, ijtimoiy tarmoqning 84 foiz egalik huquqini talab qilgan kishiga qarshi guvohlik beradi. Bu haqda Bloomberg’ga asoslanib, “Vedomosti” xabar berdi.



Sukerbergning sinfdoshi Pol Selya sudlashish maqsadida soxta hujjatlardan foydalanganlik, dallilarni yo‘qotish va elektron xabarlarni qalbakilashtirishda ayblanmoqda. Selyaning o‘zi esa aybsiz ekanini ta’kidlamoqda.

Ish bo‘yicha guvohlarni tinglash ishlari Manxetten federal sudida noyabr oyida boshlanadi. Hozircha ish bo‘yicha taqdim etiladigan ma’lumotlar turi va hajmi sud bilan kelishilmoqda.

Ayblanuvchi Sukerberg, Facebook kompaniyasi va Garvard universitetining 2003—2004-yillardagi elektron maktublarini, shuningdek, Garvardning Sukerberg talabalik yillarida yo‘l qo‘ygan intizom bilan bog‘liq qoidabuzarliklari haqidagi hujjatlarini sud jarayoniga kiritilishini so‘radi. Biroq sudya Endryu Karter bu iltimosnomani rad etdi.

Universitet sudga Selya va Sukerbergning 1460 sahifadan ziyod elektron yozishmalarini taqdim etdi.

Ma’lumot uchun, Pol Selya 2010-yil Sukerbergga qarshi da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan va Facebook’ka egalik qilish huquqining 84 foizini talab qilgan. Pol 2003-yil Sukerberg uning StreetFax.com loyihasida ish olib borganini va Poldan o‘zining startapi — Facebook uchun 1000 dollar olganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Sukerberg sinfdoshiga avvaliga Facebook’ning 50 foizini, sayt ishga tushgan sana — 2004-yil yanvaridan boshlab esa har kun uchun bir foizini berishga va’da bergan.

Sud Pol Selyaning shikoyatini aniqlashtirish uchun taqdim etgan shartnomasini qalbaki deb baholab, da’voni rad etgan va unga qarshi firibgarlik bo‘yicha ish qo‘zg‘atgan.
Прикрепления: Rasm 1
Категория: DUNYO XABARLARI | Просмотров: 499 | Добавил: Sherzod_230688
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]