08:52 TeliaSonera bosh direktori: “O‘zbekistonda UMS’ning ish boshlashi raqobatni oshiradi” | |
2014-yil oktabr oyi o‘rtalarida TeliaSonera kompaniyasining texnologiyalar bo‘yicha yangi bosh vitse-prezidenti Sverker Xannervolning O‘zbekistonga ilk tashrifi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Infocom.uz. Tashrif yakunida Xannervol kompaniya bosh direktori Tonu Gryunberg bilan birgalikda matbuot anjumanida ishtirok etgan. Jurnalist bilan uchrashuvda Ucell mobil aloqa operatori tomonidan yuqori texnologiyalarning joriy qilinishi masalasiga katta urg‘u berilgan. Jumladan, Ucell abonentlari uchun 2G va 3G tarmoqlari sifatlarini yaxshilash masalasi o‘rtaga qo‘yilgan. O‘zbekistonning 2G tarmog‘i bilan qoplangan aholi punktlarini 93 foizdan 97 foizga, 3G tarmog‘i qamrovini esa 38 foizdan 49 foizga oshirish rejalashtirilgani ta’kidlangan. Sverker Xannervol Ucell 2010-yildan buyon 4G texnologiyasini ham sinovdan o‘tkazayotganini va yaqin orada bu tarmoq ham yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qilgan. Joriy yilning dekabr oyida O‘zbekistonda UMS mobil aloqa operatorining ish boshlashi to‘g‘risida berilgan savolga Tonu Gryunberg bundan xafa emasligini, aloqa bozoridagi yangi ishtirokchini, shuningdek, shaffof va sog‘lom raqobatni yoqlashini aytib javob qaytardi. Raqobat o‘sish, xizmatlar diversifikatsiyasi va tariflar arzonlashtirilishiga olib kelishi va bundan birinchi navbatda mijozlar yutishi e’tirof etildi.
Manba: Daryoz.uz Прикрепления: Rasm 1 | |
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 694 | |
Всего комментариев: 0 | |