Главная » 2012 » Март » 25 » Toshkentda yangi “Chevrolet Malibu” avtomobilining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
19:19
Toshkentda yangi “Chevrolet Malibu” avtomobilining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Poytaxtimizda 20-mart kuni "GM Uzbekistan” qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilayotgan "Chevrolet Malibu” avtomobilining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mamlakatimizning tegishli vazirlik va idoralari, "O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxonalar, "General Motors” kompaniyasi, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

"O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida qariyb 40 ta kompaniya, shu jumladan, Janubiy Koreya, AQSh, Italiya, Germaniya, Gollandiya kabi mamlakatlar kapitali va texnologiyalari ishtirokidagi korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda yengil avtomobillar, avtobuslar, yuk avtomobillari va butlovchi qismlar ishlab chiqarilmoqda. Soha korxonalarida 16 mingdan ziyod kishi mehnat qilmoqda.

Foto: UzA

Yuksak harakatlanish xarakteristikasi, zamonaviy xavfsizlik tizimi va betakror interyeri bilan alohida ajralib turuvchi "Malibu”da yangi dizaynerlik ishlanmalari qo‘llanilgan: ikki seksiyali Chevrolet radiator panjaralari, kuchli ksenon faralar, shuningdek, svetodiodli bejirim orqa faralar shular jumlasidandir.

Avtomobil 2,4 litr hajmli, to‘rt silindrli 169 va 263 ot kuchi quvvatiga ega mexanik va avtomat uzatmali dvigatel bilan jihozlangan. Ushbu modelda rul boshqaruvining yaxshilangani avtomobilning haydovchi harakatiga nisbatan tez va aniq reaksiyasini ta’minlaydi, izolatsiya qilingan oldingi rama shovqin va vibratsiyaning salonga kirishiga yo‘l qo‘ymaydi. "Malibu” kuzovi konstruksiyasi mustahkam ishlangani avtomobilni yuqori tezlikda boshqarishda qo‘shimcha qulaylik yaratadi.

Foto: UzA

Avtomobil yangi audio va navigatsiya tizimlari bilan jihozlangan. Yuksak talablarga javob beruvchi simsiz "Bluetooth” aloqasi "hands free” tizimidan smartfonlar uchun foydalanish imkonini beradi. "Malibu” oltita xavfsizlik yostiqchasi, bosh va bo‘yin qismlarni himoya qiluvchi xavfsizlik pardalari bilan ta’minlagan.

"Chevrolet Malibu” avtomobili 2012-yilning iyun oyidan boshlab sotuvga chiqariladi.

Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 718 | Добавил: number_1
Всего комментариев: 131 2 »
17:51
o'zbek abtomobil sanoati judaym tez rivojlanmoqda
malumot uchun raxmat
09:03
z6ru a
22:20
narxini ewtilarmi.
10:04
omad
10:04
raxmat
10:04
zur
09:29
zuru
05:20
Yangilik un raxmat
05:19
Laskadanam 4otki ekan
05:19
Zörku
1-10 11-13
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]