Главная » 2014 » Декабрь » 3 » Ucell’dan 4G/LTE: Hammasi yanada oson, tez va qulay
10:02
Ucell’dan 4G/LTE: Hammasi yanada oson, tez va qulay

Ucell mobil operatori O‘zbekistonda 4G – to‘rtinchi avlod aloqa xizmatlarining tijorat faoliyatini ishga tushirdi. Yangi texnologiyaning taqdimoti Next savdo majmuasida tashkil etildi. Tadbirda ishtirok etgan korporativ mijozlar, kompaniya abonentlari, shuningdek majmuaning yuzlab  mehmonlariga 4G/LTE texnologiyasining tezlik va afzalliklari namoyish etildi.

Ilg‘or texnologiyalarni taqdim qilish bo’yicha xalqaro yetakchi hisoblangan TeliaSonera kompaniyalari guruhining bir qismi bo‘lgan Ucell O‘zbekistonda 4G/LTE tarmog‘ini ishga tushirdi. Ushbu texnologiyaning xalqaro premyerasi 5 yil avval bo‘lib o‘tgan. Xususan, 2009-yilning 14-dekabr kuni TeliaSonera Stokgolm va Osloda 4G tarmog‘i faoliyatini boshlagan edi. TeliaSonera qamrab olgan Skandinaviyadan Boltiqbo‘yi va Nepalgacha bo‘lgan xaritaga Ucell hisob bo‘yicha o‘n ikkinchi 4G  bayroqchasini qo‘shdi.

Shu yilning 1-dekabr kuni  Ucell xizmatlaridan foydalanuvchi O‘zbekiston aholisi va mehmonlar Toshkentda 4G tarmog‘idan foydalangan holda, yuqori tezlikka ega mobil internet afzalliklarini baholash imkoniga ega bo‘ldilar.

Qayd etish kerakki, 2009-yilda ma’lumotlar uzatilishi mobil trafigi ovoz trafigidan oshib ketdi. Tabiiyki, bunday trend o‘z yo‘nalishlarini targ‘ib qiladi. Mazkur statistikaning ko‘rsatishicha, har yili mobil internetdan foydalanish ikki barobarga oshib bormoqda. Bugungi kunda Yevropa mobil aloqa bozorining uchdan bir qismi smartfonlardan foydalanadi.

Taqdimot marosimida Ucell bosh direktori  Tonu Gryunberg shunday dedi:

Mamnuniyat bilan ma’lum qilamanki, endilikda 4G yuqori tezlikka ega internetdan O‘zbekiston aholisi ham foydalanishi mumkin. Ucell abonentlari bizdagi qulay narxlar va bugungi kunda Toshkentdagi 4G tarmog‘ining eng keng qamrovini baholash imkoniga ega. O‘ylaymizki, mazkur yangi texnologiya tufayli, internet sayohat abonentlarimizni mamnun qiladi. Ko‘pchilik, jumladan ommaviy segment hamda korporativ mijozlar  video-striming, mobil televideniye, media-servislar kabi xizmatlardan foydalanishi mumkin. Bizning 4G tarmog‘imiz ishga tushirishda Toshkent bo‘yicha eng yirik qamrov bilan ajralib turadi. Biz erishganlarimizda to‘xtab qolmay, poytaxt va mamlakatning boshqa hududlarida tarmoqni joriy qilishda davom etamiz. Ucell kompaniyasining 4G interneti uchta afzallik, jumladan tezlik, qulaylik va arzon narxlar bilan farq qiladi.

Ucell taqdim etayotgan 4G/LTE soniyasiga 150 megabitga yetadigan yuqori tezlikka ega mobil internet bo‘lib, u qulay tarzda media-servislar va turli onlayn ilovalardan foydalanish, mobil onlayn televideniye ko‘rish va internet sahifalardan fayllarni yuklash imkonini beradi. Bundan tashqari, mazkur standart biznes uchun internet tarmog‘iga mobil kirishni qo‘llash uchun tushunarli va qulay shartlar, foydali tariflarni taklif qiladi. Hozirda butun Toshkent 4G tarmog‘i bilan qamrab olingan. Ucell ning 4G tarmog‘i tufayli abonentlar tezligi 3G tarmog‘inikiga qaraganda 10 barobarga ortiq bo‘lgan internetdan foydalanmoqda.

Reklama huquqi asosida

 

Manba: Daryo.uz

 

Прикрепления: Rasm 1 · Rasm 2 · Rasm 3
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 1949 | Добавил: Sherzod_230688
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]