Главная » 2014 » Апрель » 3 » Ukrainada Maydonni o‘qqa tutgan snayperlar qo‘lga olindi
18:24
Ukrainada Maydonni o‘qqa tutgan snayperlar qo‘lga olindi
Maydondagi namoyishchilarni o‘qqa tutishda gumon qilinayotgan Kiyevning “Berkut” maxsus xizmati xodimlari qo‘lga olindi. Bu haqda Ukraina Bosh Prokuraturasiga tayanib, “Liga.Novosti” xabar bermoqda. Gumon qilinayotganlar ro‘yxatida 9 nafar xodimning ism-sharifi keltirilgan bo‘lib, ular orasida “Qora” maxsus xizmat deya nom olgan snayperlar guruhi boshlig‘i ham bor. Ularning barchasi yolg‘onni aniqlovchi detektor yordamida so‘roq qilindi.

“UNIAN”ning yozishicha, Maydondagilarga qarshi qurol ishlatish haqida Yanukovichning o‘zi buyruq bergan. Biroq sobiq prezident 2-aprel kungi intervyusida Yevromaydondagi harakatlarga qarshi qat’iy chora ko‘rishga uning “qo‘li bormagan”ini ta’kidlagan edi.
Kiyevdagi 18—20-fevral voqealarini surishtirish ishlari davomida tergovchilar minglab potaxt militsiyasi vakillarini so‘roq qildi. Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotiga ko‘ra, Maydondagi qarama-qarshiliklar mobaynida jami 103 nafarga yaqin odamlar halok bo‘lgan. Yarador va jarohat olganlar soni 1528 nafar, bedarak yo‘qolgan, deya taxmin qilinayotganlar soni 166 nafar ekanligi qayd etilmoqda.


Manba: Darakchi.uz
Прикрепления: Rasm 1
Категория: DUNYO XABARLARI | Просмотров: 593 | Добавил: Sherzod_230688
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]