Главная » 2015 » Апрель » 1 » Venesuela prezidenti ko‘chaning o‘rtasida boks tushdi (video)
12:07
Venesuela prezidenti ko‘chaning o‘rtasida boks tushdi (video)

O‘zining kutilmagan bayonotlar va xatti-harakatlarga moyilligi bilan taniqli bo‘lgan Venesuela prezidenti Nikolas Maduro 31-mart, seshanba kuni ko‘cha o‘rtasida boks jangiga kirishib, yana atrofdagilarni hayratga soldi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Bu uning Koxedes shtatidagi shaharlardan biriga qilgan safari chog‘ida sodir bo‘ldi. Ko‘chada yosh bokschi va xip-xop usulidagi qo‘shiqchi Gandi Arochuni uchratib qolib, Maduro o‘sha ondayoq bokschilar stoykasiga turib oldi va raqibiga hazolomuz jang qilishni taklif etdi.

Boks mutaxassislari fikricha, prezident Arochu bilan jangda mashhur bokschi Muhammad Ali uslubiga taqlid qilishga intildi.

Прикрепления: Rasm 1
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 2458 | Добавил: Sherzod_230688
Всего комментариев: 1
12:07
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]