Главная » 2014 » Октябрь » 28 » Viktoriya Bekxem 2014-yilda Angliyaning eng omadli tadbirkori deb topildi
18:36
Viktoriya Bekxem 2014-yilda Angliyaning eng omadli tadbirkori deb topildi

Spice Girls guruhining sobiq xonandasi Viktoriya Bekxemni Angliyaning bu yildagi eng omadli tadbirkori deb hisoblash mumkin. Bu xulosa biznesga oid bo‘lgan Management Today jurnalidagi ekspertlar tuzgan ro‘yxatga asoslangan, deya xabar bermoqda “Segodnya” nashri.

Statistika ma’lumotlarini tahlil qilgan mutaxassislar birinchi o‘rin Angliya terma jamoasi sobiq sardori Devid Bekxemning umr yo‘ldoshi, Viktoriya Bekxemga tegishli ekanini qayd etdi.

Viktoriya xonandalik faoliyatini tashlaganiga ancha bo‘lgan. U dunyoning mashhur modelyerlari qatorida bo‘lishga qaror qilgan. Vaqt o‘tishi bilan u juda ham mashhur bo‘lib ketdi. Jurnal bergan ma’lumotga ko‘ra, hisobot davrida Bekxem biznesidagi sotuv hajmi 2900 foizga oshgan.

Angliyaning eng omadli tadbirkorlar reytingining 2-pog‘onasida aka-singil Mita va Amit turibdi. Ular Auden Mckenzie farmatsevtika kompaniyasi sohiblaridir. Uchinchi o‘rinni esa Boohoo.com ta’sischisi Mahmud Kamani egalladi.

 

Manba:  Daryo.uz

Прикрепления: Rasm 1
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 528 | Добавил: Sherzod_230688
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]