Главная » 2015 » Январь » 16 » Vitaliy Denisov muxlislarga O‘zbekistonni hisobdan chiqarishga hali ertaligini eslatdi
07:16
Vitaliy Denisov muxlislarga O‘zbekistonni hisobdan chiqarishga hali ertaligini eslatdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov Xitoy terma jamoasiga qarshi Osiyo Kubogi — 2015 “B” guruhi 2-tur o‘yinidan so‘ng Twitter’da muxlislarga javob berdi. Bu haqda “Stadion.uz” xabar bermoqda.

Twitter foydalanuvchilaridan birining Vitaliy Denisovga murojaat qilib, “bugungi o‘yiningiz uchun sizga ikki baho” qabilida yozgan tvitiga, futbolchi: “Ikki bo‘lsa ikki-da”, — deb javob qaytargan.

Shundan so‘ng ikkita alohida tvit yozib, Xitoyga qarshi mag‘lubiyatdan so‘ng jamoatchilik tomonidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi haqida bildirilgan salbiy fikrlarga javob bergan.

“Ko‘p ‘yaxshi narsalar’ni o‘qidim. Men terma jamoamizga ishonaman ‘Olg‘a, Oq bo‘rilar! G‘alaba sari olg‘a!’, deb baralla aytaman”, — dedi Vitaliy Denisov.

“Ha, bugun biz imkoniyatni boy berdik. Lekin bu bizni hisobdan chiqarish uchun sabab bo‘la olmaydi”, — deya qo‘shimcha qildi O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov.

Eslatib o‘tamiz, 14-yanvar, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Xitoyga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. So‘nggi turda Qosimov shogirdlari Saudiya Arabistoniga qarshi keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun maydonga tushadi.

 

Manba: DARYO.UZ

Прикрепления: Rasm 1
Категория: Sport Yangiliklari | Просмотров: 2516 | Добавил: Sherzod_230688
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]