10:16 Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasining navbatdagi prezidenti etib saylandi | |
2012-yilning 4-mart kuni Rossiya Federatsiyasida mamlakat prezidentligi uchun saylovlar bo‘lib o‘tdi. Saylovda prezidentlikka jami besh nomzod qo‘yilib, "RIA Novosti” nashrining xabar berishicha o‘tkazilgan saylov natijalari quyidagicha ko‘rinish oldi: 1. Vladimir Putin – 63,6% (45,602 milliondan ortiq ovoz); 2. Gennadiy Zyuganov – 17,18% (12,318 milliondan ortiq ovoz); 3. Mixail Proxorov – 7,98% (5,722 milliondan ortiq ovoz); 4. Vladimir Jirinovskiy – 6,22% (4,458 milliondan ortiq ovoz); 5. Sergey Mironov – 3,85% (2,763 milliondan ortiq ovoz). Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi 100 foiz saylov byulletenlarini sanab chiqqan bo‘lsa-da, saylovning yakuniy natijalari aniq raqamlar bilan 14-martdan kechiktirilmasdan e’lon qilinadi. Shunday qilib, amaldagi Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri – Vladimir Putin mamlakat prezidentligi uchun bo‘lgan saylovlarda yutib chiqdi. U 2012-yilning 7-may kuni o‘z lavozimiga kirishadi. Eslatib o‘tamiz, 2012-yildan boshlab Rossiyada prezidentlik muddati 6 yil qilib belgilangan. Vladimir Putinning Rossiya Federatsiyasi prezidenti etib saylanishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov unga tabriknoma yo‘lladi, deya xabar beradi mamlakatimiz rahbarining matbuot xizmati. Ushbu yangilik http://infoman.uz/2012/03/putin-won-elections-2012/ manzilidan olindi!!! | |
Категория: DUNYO XABARLARI | Просмотров: 694 | |
Всего комментариев: 6 | |
| |