Главная » 2012 » Март » 13 » XAMR (MAST QILUVCHI ICHIMLIK ICHISH)
16:06
XAMR (MAST QILUVCHI ICHIMLIK ICHISH)
Alloh taolo aytadi:
«Ey mo‘minlar, aroq (mast
qiluvchi ichkilik ichish), qimor
(o‘ynash), butlar(ga sig‘inish) va
cho‘plar (bilan fol ochish)
shayton amalidan bo‘lgan
harom ishdir. Bas, ularning har
biridan uzoq bo‘lingiz, shoyad
najot topsangiz! Aroq, qimor
sababli shayton o‘rtalaringizga
bug‘zu adovat solishni hamda
sizlarni Allohni zikr qilishdan va
namoz o‘qishdan to‘sishni
istaydi, xolos! Endi
to‘xtarsizlar!» (Moida surasi, 90–
91).
Alloh azza va jalla mazkur
oyatlarda xamrdan ogohlantirdi,
qaytardi.
Ibn Abbos roziyallohu anhudan
rivoyat qilinadi: Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam:
«Xamrdan saqlaninglar. Zero, u
barcha yomonlikning kalitidir»,
deganlar (Hokim rivoyati).
Kimda-kim undan saqlanmas
ekan, batahqiq, u Alloh va
Rasuliga osiylik qilgan va bu bilan
azobga sazovor bo‘lgan bo‘ladi.
Alloh taolo aytadi:
«Kim Alloh va Rasuliga
itoatsizlik qilib, Allohning
belgilab qo‘ygan hadlaridan
tajovuz qilsa, uni abadiy
qoladigan joyi bo‘lmish
do‘zaxga kiritur. Va uning
uchun xor qilguvchi azob
bordir» (Niso surasi, 14)
Прикрепления: Rasm 1
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 726 | Добавил: MUXAMMADIY
Всего комментариев: 6
09:19
malumot uchun raxmat
04:27
yana kutamiz
04:27
omad
04:26
juda yoqda
22:43
malumot un raxmat
22:42
ha bu haqda ewitgandim
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]