22:29 Xitoyning oziq-ovqat bozori hajmi AQSHnikidan oshib ketdi | |
Xitoy birin-ketin turli sohalarda jahonda yetakchilikni o‘z qo‘liga olmoqda. Shu paytgacha u avtomobillar savdosi, energiya iste’moli, yaqinda smartfonlar savdosida ham AQSHdan birinchilikni tortib olgan edi. Navbat oziq-ovqat mahsulotlari bozoriga ham yetib keldi. Buyuk Britaniyaning "IGD” tadqiqot kompaniyasining hisoblashicha, 2011-yil yakunlariga ko‘ra Xitoyning oziq-ovqat mahsulotlari bozori pul ko‘rinishida 970 milliard dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, o‘tgan davr mobaynida AQSHda ushbu ko‘rsatkich 910 milliard dollarga teng bo‘ldi. Bu haqda "Vesti Ekonomika” nashri xabar qilgan. Ekspertlar Xitoy oziq-ovqat bozorining kelajakda yana yuqori sur’atlarda o‘sib, 2015-yilga borib 1,5 trillion dollargacha yetishini taxmin qilishmoqda. "IGD” tahlilchilari Xitoy oziq-ovqat mahsulotlari bozorining o‘sishini uchta yirik omil bilan bog‘lashmoqda: iqtisodiyotning yuqori sur’atlarda o‘sishi, mamlakat aholisi sonining oshishi va oziq-ovqat tovarlari narxidagi inflatsiya. Shunday qilib, hozirda jahon oziq-ovqat iste’moli bozorida Xitoy yetakchi maqomiga chiqqan bo‘lsa, AQSH va Yaponiya mos ravishda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni band qilishgan. Prognozlarga ko‘ra, 2015-yilga kelib Hindiston bu borada Yaponiyani quvib o‘tadi, ammo AQSH o‘sha paytda ham (bozor hajmi 1 trillion dollarga yetishi kutilmoqda) ikkinchi o‘rinni o‘zida saqlab turadi. | |
Категория: DUNYO XABARLARI | Просмотров: 830 | |
Всего комментариев: 2 | |
| |