15:17 Xiyonatkor qiz haqida she`r | |
Dilim xuftor kunduzimni tunday qilib Uchrashuvga kelmadi u shunday qilib Xo`rliklarim kelib ketar turib - turib Endi uni unutayin qanday qilib Ismimni hech aytolmaydi uyalar U jilmaysa kun chiqqanday tuyilar Ismin aytsam olamga nur sochilar Endi uni unutayin qanday qilib Dilim xuftor kunduzimni tunday qilib Va`dasida turmadi u shunday qilib Balki bir kun so`zlarini unutarman Ko`zlarini unutayin qanday qilib Ko`zim yumub ochsamgar sog`inardim Chekib dardlar yozib xatlar sog`inardim Barmoqlarin o`pib battar sog`inardim Endi uni unutayin qanday qilib Xudo deyman g`amga to`lsin yuraklari Meni o`ylab ado bo`lsin yuraklari Birovlarni sevolmasin yuraklari Endi uni unutayin qanday qilib. Прикрепления: Rasm 1 | |
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 1817 | |
Всего комментариев: 25 | 1 2 3 » |
| |
1-10 11-20 21-25 | |