Главная » 2012 » Январь » 3 » Xotirangiz sizni pand beradimi???
12:38
Xotirangiz sizni pand beradimi???

Xotirangiz kerakli ma’lumotlarni eslab qolishda pand berayaptimi?

Sizda tanishlaringiz ismini unutib qo’yish holari tez- tez uchrab
turadimi? Quyidagi holatlar balki sizga juda tanishdir: nima haqdadir
gapirmoqchi bo’lasiz, lekin u kutilmaganda esingizdan chiqib ketadi;
fikringizning o’rtasida aslida o’zi nima haqda o’ylayotganingizni hech
eslay olmaysiz. Agar shu muammolardan birortasi sizga tegishli bo’lsa, maqolani o’qishda davom etavering. Bu maqola orqali siz
qanday qilib xotirani mustahkamlashni bilib olasiz. Bizning xotiramiz
cheklanmagan hajmdagi ma’lumotlarni saqlab qolish imkoniyatiga
ega. Agar biz shu imkoniyatlarni kengaytiruvchi usullarni qanchalik
ko’p mashq
qilsak, kerakli ma’lumotlarni eslab qolishimiz shunchalik osonlashadi. Miyamizda 3 turdagi xotira mavjud va ular o’z vazifasini turli
yo’sinda bajaradi.
Masalan:- Tasodifiy xotira hayotimizda gi sodir bo’ladigan hodisalar
haqidagi
ma’lumotlarni turli his-tuyg’ular bilan bog’liq holda saqlab qoladi. -
Semantik xotira bizni o’rab turgan olam haqidagi, turli so’zlar va ularning ma’nolari to’g’risidagi umumiy bilimlarni o’z ichiga oladi. -
Takrorlanib turuvchi xotira
esa bizga doimiy amallarni bajarishimiz uchun imkoniyat
beradi.Xotiraning pasayishi nimadan kelib chiqadi?Buning bosh
sababi atrofimizda har
kuni ro’y beradigan chalg’ituvchi voqea- hodisalardir. Tadqiqotchilarning
so’zlariga ko’ra, bir kunda hech bo’lmaganda mingta reklama
namoyish qilinadi va bu chalg’itish uchun yetarli bo’ladi.
Quyidagilarni ham sabab sifatida ko’rsatish mumkin: 1. Gipertoniya –
agarda qon bosimingiz yuqori bo’lsa, sizda
xotirangiz pasayishi va ruhan og’irlashish ehtimoli ko’proq bo’ladi. 2. Diabet – gipertoniya kabi miyamizning anglash, tushunish,
o’rganish funksiyasini pasaytirishda katta rol o’ynaydi, bu holat
asosan yoshi katta ayollar orasida ko’proq uchraydi. 3. B12 vitamini
yetishmasligi – agar sizning kunlik ovqatingizda yetarlicha B12
vitamini bo’lmasa, xotirangiz zo’riqishlarni osongina qabul qiladi. 4.
Boshqa oziq bo’ladigan moddalar yetishmasligi esa miya qo’shimcha funksiyasining susayishiga olib kelishi mumkin. 5. Zaharlanish –
shunaqangi zaharlovchi
moddalar borki, insonning miya funksiyasini susaytirish bilan birga
narkotikaga yo’liqtiradi. 6. Klimaks davri (Ayollarda hayz ko’rishning
butunlay to’xtashi) – ha bu to’g’ri, qadrli ayollar! Bu vaqt davomida
siz xotira funksiyasi va fikrni jamlash bilan bog’liq talaygina muammolarni
boshingizdan
o’tkazishingiz mumkin. Xotirtamiz qanday ishlaydi? U avvalambor
ma’lumotni
ko’rish, hidlash, tegish, eshitish orqali saqlab qoladi. Ma’lumotni
uzoq vaqtli xotiraga saqlab qo’yishdan oldin qisqa muddatli xotirada vaqtinchalik ma’lumotlar almashiniladi. Miyaning ma’lumotlarni
avtomatik ravishda ro’yxatga olish tizimi yo’q. Eslab qolish qobiliyati
yaxshi bo’lishi uchun ma’lumot xotirada kodlashtirilgan bo’lishi
kerak.
Ma’lumotni qanday kodlashtirishimiz mumkin?Bu uslubni siz
maktabdan beri bilsangiz kerak: esda saqlab qolishni xohlagan narsani ifodali o’qish
va uni hech
bo’lmaganda bir marta qaytarish. Bu tez-tez uychraydigan holat.
Masalan, biz telefon raqamini, e’lon yoki yangiliklarni ovoz chiqarib,
balandroq o’qisak, ularni eslab qolishimiz oson bo’ladi.Aynan shu
uslubdan murakkabroq ma’lumotlar uchun ham foydalansak, qanchalik samarali natija berishi
mumkin? Masalan nutqni yod olish haqida nima deysiz? Uni
takrorlayverish
shak-shubhasiz foydali bo’lib chiqadi – nutqiningiz ustida qanchalik
ko’p ishlasangiz, har bir qatorni eslab qola olasiz. Yana bir foydali
usul: ma’lumotlarni guruhlarga ajratish va ularni tanish biror narsa bilan
bog’lab, eslab qolish. Uzunroq matnni tezroq yod olish uchun esa
mutaxassislar
quyidagilarni tavsiya qilishadi: 1. O’qiyotgan ma’lumotingizning
ko’rinishini
miyangizda yarating. Ularni tasavvur qila olganingizda siz ma’lumotni yanada osonroq esda saqlab qolasiz. 2. Kulgili yoki
bema’ni biror narsa haqida o’ylang. Keyin shu ifodani o’qiyotgan
narsangizga bog’lang. Bu sizga xotiralaringizni hissiyotlarga
bog’lashga imkon beradi. Agar sizda xotira susayishi
kuzatilayotgan bo’lsa, bu holni yaxshilash uchun qo’llaniladigan bir
qancha usullar mavjud: 1. Vaqtingizni o’zingizni qiziqtiradigan ruhiy, xayoliy
amallar bilan shug’ullanishga sarflang. 2. Ovqatlanish tartibiga va
ovqat tarkibiga e’tibor bering. Bilasizmi, miyamiz tana og’irligining
atigi 2%ini tashkil qiladi, lekin biz qabul qilayotgan kislorod va
ozuqalarning
20%ini iste’mol qiladi. Umumiy qoidalarga ko’ra, siz qimmat ozuqaviy qo’shimchalarga muhtoj emassiz. Shuning uchun "yomon
narsalar” iste’mol
qilmayotganingizga ishonch hosil qiling. 3. Miya tananing bir qismi
ekanligini unutmang. Tanangiz uchun bajarayotgan jismoniy
mashqlar miya faoliyati rivojlanishiga ham yaxshi yordam bera oladi.
4. Mashqlarni ko’tarinki ruhda va kelajakka bo’lgan katta ishonch bilan bajaring. Tashqi hodisalar ta’siridan yoki o’z fikrlaringiz
tomonidan zo’riqtirilganligidan qat’iy nazar, asabiylashish va
xavotirlanish nerv xo’jayralarimizni halok qiladi va
yangi bittasi yaralishiga to’sqinlik qiladi. Bunga misol tariqasida
surunkali ruhiy
zarbani ko’rsatishimiz mumkin. Miyangizdagi nerv xo’jayralarining qanchalik uzoq yashashi siz ulardan qanday foydalanishingizga
bo’gliq. 5. O’rganish orqali rivojlaning, zero miyamiz borligining
sababi ham yashab turgan
muhitimizni o’rganish, o’zgartirish. Bu miyangizni tez- tez yangi
g’ayrat, faollik bilan harakatga undang deganidir. 6. Bilamizki, biz
sayyoramizdagi o’zini-o’zi nazorat qila oladigan, boshqara oladigan yagona tirik mavjudotmiz. Hayotingizda zabt etishingiz mumkin
bo’lgan cho’qqilarni tasavvur qiling, ilhomlantiruvchi, hissiyotlarni
uyg’otuvchi so’zlar, nutqlarni tinglang. Maktab, kollejni, oliy o’quv
yurtini tugatgandan keyin ham har doim izlanishda
davom eting, bunda yoshingizning ahamiyati yo’q. Miyangiz
rivojlanishda davom etayotgani sizning nima bajarayotganingizda yaqqol ko’rinadi.
7. Tadqiqot olib boring, sayohat qiling. Turar joyni o’zgartirib turish
sizni muhitga ko’proq e’tibor berishga undaydi. Yangi qarorlar qiling,
miyangizni ishlating. 8. Miyangizni tashqi manbalarga ko’ra
ishlatmang. Kino yulduzlari, siyosatchilar, aqlli qo’shningizga ko’ra
ham emas. O’z qarorlaringizni o’zingiz qabul qiling va hattoki xatolarni ham. Harakatlaringizdan
to’g’ri
xulosa chiqaring. Shu yo’sinda siz o’z miyangizni mashq qildirib
borasiz, qo’shningiznikini emas. 9. Kayfiyatingizni doimo yaxshi
qilishga va tez-tez kulib yurishga odatlaning. 10. Ayollar uchun har
hafta bir mil piyoda yurish xotiraning kuchayishini 13 foizga yaxshilaydi. 11. Yangi til o’rganish -
izlanishlar shuni ko’rsatadiki, o’z tilini ham yaxshi b maydiganlar yoki
xorijiy tillarni bilmaydigan odamlar xotira pasayishi kasaliga
nisbatan ko’proq
duchor bo’lishadi. Hozirdan kurashni boshlang va bugunning
o’zidayoq yuqoridagi usullardan hech bo’lmaganda bittasini yaxshilashka harakat qiling.
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 981 | Добавил: -=BENOM=-
Всего комментариев: 3
20:21
Omad
19:57
yonimdagilar uchun ayni mudao
19:56
rahmat malumotlar uchun
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]