10:17 “Yandeks” internet yo‘qolishiga hozirligini ma’lum qildi | |
“Yandeks” “internetdan keyingi” davr kelishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deya xabar berdi “Rossiyskaya gazeta” kompaniya vakiliga tayanib. “Kelajak interneti — bu veb emas, bir-biri bilan aloqa qilib, nafaqat kompyuter, planshet va telefonlarni, balki televizor, avtomobil, aqlli bilaguzuk, uy texnikasi va boshqalarni bog‘laydigan dastur interfeyslaridir. Biz buni anglab bo‘lganmiz va shunday istiqbollarni hisobga olgan holda yashamoqdamiz”, — dedi servislar marketingi bo‘yicha direktor Andrey Sebrant. Misol sifatida u “Yandeks.Taksi” servisini keltirib o‘tdi. U serverlarda millionlab sahifalarni o‘qib o‘tirmaydi, shunchaki mashinalardagi mobil qurilmalarga murojaat qiladi. Taksoparklarga ham sayt kerak emas, buning o‘rniga qurilmalar o‘rtasida o‘zaro ma’lumotlar almashinuvi sodir bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Google kompaniyasi rahbari Erik Shmidt Shveysariyaning Davos shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon iqtisodiy forumidagi bahs-munozaralardan birida internetning sanoqli kunlari qolganini aytgan edi. “Internet yo‘qolib ketadi. IP-manzillar hamda siz aloqa qiladigan qurilmalar, datchiklar va boshqa buyumlar shunchalik ko‘payib ketadiki, buni payqamay ham qo‘yasiz”, — degan edi u. Прикрепления: Rasm 1 | |
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 1995 | |
Всего комментариев: 0 | |