19:06 Yangi “iPad” planshet kompyuterining tannarxi qancha? | |
Xabaringiz bo‘lsa, 2012-yilning 7-mart kuni "Apple” kompaniyasi o‘zining yangi "iPad” (talaffuz qilinishi – aypad, ayped) planshet kompyuterini namoyish qilgan edi. Oradan uch kun o‘tar-o‘tmas, bir qator tahlilchilar yangi qurilmaning asl qiymati, ya’ni tannarxini o‘rganib chiqishdi.
Uchinchi avlod "iPad” planshetining ekrani yuqori ajrata olish ko‘rsatkichiga ega ekanligi, ya’ni unga ham "iPhone 4” va "iPhone 4S” smartfonlari kabi yuqori tiniqlikka ega Retina-displey qo‘yilgani hamda LTE-chip o‘rnatilganligi tufayli uning tannarxi avvalgi versiyasiga qaraganda biroz yuqoriroq.
"UBM TechInsights” tadqiqot kompaniyasi yangi "iPad”ning 16 gigabaytlik Wi-Fi+4G LTE versiyasini o‘rganib chiqishicha, bu modelning tannarxi 310 dollarni tashkil qiladi.
Tadqiqot natijasida yozilishicha, yangi "iPad”ning eng qimmat qismi Retina-displey hisoblanadi, uning narxi – 70 dollar. Taqqoslaydigan bo‘lsak, 2011-yilning 2-mart kuni namoyish qilingan"iPad 2”da ekran 53,70 dollarga baholangan, eng birinchi versiyasida esa 58,50 dollar.
Eslatib o‘tamiz, yangi "iPad”ning ekrani 2048 x 1536 nuqtali ajrata olish ko‘rsatkichiga ega. "iPad 2”da bu ko‘rsatkich 1024 x 768 edi.
LTE-chip ham ancha qimmatga tushgan – 21 dollar. "iPad 2”da 3G-chip narxi 10 dollar edi, deya yozadi "SlashGear” nashri.
Yangi "iPad”ga "Apple A5X” protsessori o‘rnatilgan bo‘lib, u aslida ikki yadroli protsessor bo‘lsa-da, ammo u to‘rtta grafik yadroga ega (ikkinchi versiyada bu ikkita edi). Bundan tashqari, operativ xotira ham 512 megabayt o‘rniga 1 gigabaytlik qo‘yilgan. Shu bois, protsessor chipining narxi 22 dollardan 28 dollargacha ko‘tarilgan.
Endi boshqa butlovchi qismlarga to‘xtalsak: batareya – 30$, kamera – 12$, Wi-Fi/Bluetooth/GPS – 7$, flesh-xotira (16 gigabayt) – 16$, modem – 21$.
Yangi "iPad”ning tannarxi avvalgisiga qaraganda yuqoriroq bo‘lsa-da, biroq uning chakana sotuv narxi o‘zgarishsiz qoldirilgan. | |
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 685 | |
Всего комментариев: 8 | |
| |