09:03 Yangi Samsung Galaxy F premium-smartfonida metal korpus bo‘lishi mumkin | |
Internetda tarqalgan suratlarga ko‘ra va surat muallifining tasdiqlashicha, Galaxy F smartfonining chetlari metaldan ishlangan. Galaxy S va Galaxy Note lineykasidagi qurilmalarda esa plastmassa ishlatilgan. Galaxy F’ning old va orqa tomonlari esa plastmassaligicha qoladi. Qurilma qaysidir ma’noda metal ramkali Nokia Lumia 925/930 va metal bilan polirovka qilingan metalga o‘xshash qopqoqqa ega LG G3’ga o‘xshash bo‘ladi. To‘rt yadroli Qualcomm Snapdragon 805 protsessori, 3 Gb tezkor xotira va 16 megapikselli kameraga ega Galaxy F smartfoni sentabr oyida taqdim etilishi va kuzda ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan iPhone 6’ga raqib bo‘lishi rejalashtirilgan. Manba: Daryo.uz Прикрепления: Rasm 1 | |
Категория: DUNYO XABARLARI | Просмотров: 472 | |
Всего комментариев: 0 | |