21:42 Yaponiyada konditsionerlar 28 darajadan pastga tushirilmaydi | |
Yaponiyada "Ishga bo‘yinbog‘siz!” shiori ostida umummilliy kompaniya ish boshladi. Endi yaponiyaliklar ishga nafaqat galstuksiz, balki kastyumsiz ham borishlari mumkin. Bunga asosiy sabab sifatida "Fukusima” atom elektr stansiyasida (AES) yuz bergan halokatni ko‘rsatish mumkin. Ayni vaqtda Yaponiyadagi deyarli barcha AESlarda muammolar yetarli. Ular qatoriga "Fukusima”ning qo‘shilishi esa mamlakat elektr energiya sohasidagi muammolarni qalashtirib tashladi. Bu o‘z navbatida Yaponiyada ishlayotgan barcha konditsionerlarni 28 daraja haroratdan pastlatishni man qiluvchi qonun qabul qilinishiga olib keldi. Iqtisodchilarning fikriga ko‘ra 28 daraja haroratdan past ko‘rsatkichda ishlayotgan konditsionerlar elektr tokini nisbatan ko‘proq talab qiladi. Qonun 1-iyundan kuchga kiradi. Buning oqibatida yaponiyalik ishchilar odatiy ishchi kiyimda emas, balki futbolka va jinsilarda ham sihga borishlari mumkin. Bu holat konditsiorer talab qilmaydigan kuz oylariga qadar davom etishi mumkin. Bu haqda ITAR-TASS xabar bermoqda. | |
Категория: DUNYO XABARLARI | Просмотров: 622 | |
Всего комментариев: 4 | |
| |