Главная » 2014 » Июль » 29 » Yaponiyada o‘quvchi qiz o‘z dugonasining boshini uzib tashladi
10:21
Yaponiyada o‘quvchi qiz o‘z dugonasining boshini uzib tashladi
Yaponiya g‘arbidagi Sasebo shahrida 15 yoshli qiz o‘z tengdoshini shafqatsiz ravishda o‘ldirib, murdani bo‘laklab tashladi. Qiz jinoyatni sodir etganini tan oldi, biroq zarracha ham pushaymonlik bildirmadi. Bu haqda Japan Times xabar berdi.



27-iyulga o‘tar kechasi jinoyatchi qizning sinfdoshi Ayva Matsuo ota-onasiga o‘z dugonasinikida yotib qolishini aytadi. Biroq ertasiga uyiga qaytib kelmaydi, qo‘ng‘iroqlarga ham javob bermaydi. Xavotirga tushgan ota-ona politsiyaga murojaat qiladi. Mezbon qizning uyiga bostirib borgan politsiyachilar dahshatli manzaraga guvoh bo‘lishadi: karavotda Ayva Matsuoning boshi uzib tashlangan jasadi yotar edi.

Politsiyachilar so‘zlariga ko‘ra, uy egasi o‘z dugonasiga og‘ir buyum bilan zarba berib, hushidan ketkazgan, bo‘g‘ib o‘ldirgan va shundan so‘ng, boshini uzgan. Bundan tashqari, zo‘ravon qiz dugonasining qo‘lini ham kesib tashlagan. Keyinroq tergov chog‘ida qiz qilgan jinoyatiga iqror bo‘ldi. Biroq qotillik qanday maqsadda amalga oshirilgani noma’lum. Politsiya aniqlashicha, qiz o‘z ota-onasidan alohida yashagan.

Jinoyatchining do‘stlari u juda aqlli qiz ekani, biroq jahli tez chiqishini aytgan. Qotilga nisbatan qanday jazo qo‘llanilishi noma’lum.

Statistikaga ko‘ra, Yaponiya dunyo bo‘yicha eng past qotillik ko‘rsatkichiga ega. Shunday bo‘lsa-da, so‘nggi 20 yil ichida mamlakatda maktab o‘quvchilari tomonidan qator vahshiyona qotilliklar amalga oshirilgan.
Прикрепления: Rasm 1
Категория: DUNYO XABARLARI | Просмотров: 481 | Добавил: Sherzod_230688
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]