17:44 Yaponlar ehtiyot qismlardan “iPhone 5”ni tayyorlashdi | |
"iPhone”ni ta’mirlash va unga ehtiyot qismlar sotish bilan shug‘ullanuvchi Yaponiyaning "iLab Factory” kompaniyasi o‘z saytida "Apple”ning yangi smartfoni bo‘lishi mumkin bo‘lgan modelning suratlarini e’lon qildi. Bu haqda "9to5Mac” internet-nashri xabar bermoqda. So‘nggi bir necha oy davomida bir qator saytlar "yangi "iPhone”ning ehtiyot qismlari”ni e’lon qilishgandi, lekin ular orasida aynan "iLab Factory” birinchi bo‘lib tayyor qurilmani yig‘a oldi. Ta’mirlovchi ustalar bu qismlarni qaysi manbadan olganliklari to‘g‘risida ma’lumot berilmagan. Tashqi ko‘rinishidan smartfon "iPhone 4S” va "iPhone 4”ni eslatadi. Qurilmaning orqa paneli metalldan tayyorlangan. Ekran kattalashgan, kameraning "ko‘zi” esa zamonaviy qurilmalardagidek yon tarafga yaqin joyda emas, markazda joylashgan. Quloqchinlar (naushnik) tiqiladigan joy qurilmaning ostki qismiga ko‘chgan bo‘lsa, quvvat olish stansiyasining razyomi kichraygan. Yapon kompaniyasi e’lon qilgan qurilmaning haqiqiyligini tasdiqlash yoki inkor qilish imkoni yo‘q, deb yozadi "Lenta.ru” internet-nashri. Bu qurilma ehtiyot qismlari tashabbuskorlar tomonidan 3D-printerda tayyorlangan bo‘lishi yoki "Apple”ning o‘z mistifikatsiyasi bo‘lib chiqishi ehtimoli ham yo‘q emas. "iPhone” smartfonlarining hisob bo‘yicha oltinchi avlodinining taqdimotini "Apple” kuzda o‘tkazishi kutilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, yangi qurilma "iPhone 5” deb nom oladi, boshqa manbalarning ma’lumoti bo‘yicha esa unga "The New iPhone” deb nom beriladi (xuddi "iPad”ning uchinchi avlodiga "The New iPad” deb nom berilganidek). "iMore” internet-nashri o‘z manbalariga asoslanib tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, "Apple” yangi qurilmalar taqdimotini 12-sentabr kuni o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Unda yangi "iPhone”, "iPad”ning mini-versiyasi hamda yangi "iPod Nano” tanishtiriladi. Smartfonning o‘zi, "iMore”ning yozishicha, 21-sentabr kuni sotuvga chiqadi. "Apple” o‘z qurilmalari haqidagi tafsilotlarni ularning taqdimoti o‘tmaguncha oshkor qilishni xohlamaydi, ammo har doim ham buning uddasidan chiqa olmaydi. 2010-yilning aprel oyida, "iPhone 4”ning taqdimotiga ikki oy vaqt qolganida qurilmaning suratlari internetda paydo bo‘lgandi. Bunga San-Fransiskodagi barda qurilma prototipini unutib qoldirgan "Apple” xodimi sababchi bo‘lib qolgandi. | |
Категория: DUNYO XABARLARI | Просмотров: 612 | |
Всего комментариев: 0 | |