Главная » Статьи » SMS SHERLAR

SENI HECHKIM SEVOLMAYDI MENINDEK
Seni hech kim sevolmaydi meningdek:
Vaslingga zor bu oshiqlar, ehtimol,
Poyingga tiz cho‘kib yig‘lar, ehtimol,
Lekin sodiq bo‘lolmaydi meningdek!..

Aldanma yor, aldamchilar makriga,
Malak bo‘lma bevafo ishq shahriga,
Ular seni bir bossa bas bag‘riga,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.
Yo‘ling kesib o‘tsam - o‘zim xijolat,
Uzoqdan bir seni ko‘rsam kifoyat,
Bir nigohing o‘zi menga inoyat,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek
Joningga jon bo‘lmayman-u, sevaman,
Yoningga bir kelmayman-u, sevaman,
Ismingni ham bilmayman-u, sevaman,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek
Sen ko‘kdagi harir ko‘ylak, hur-pari,
Ko‘k ko‘ldagi tinib qolgan suvpari.
Muhammadning ko‘nglidagi dilbari,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek
(Muhammad Yusuf)
Категория: SMS SHERLAR | Добавил: ★KING★ (27.07.2014)
Просмотров: 1453 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]