Musaffo havodan sen nafas olgan, Men ham qonib qonib nafas olaman. Ayta olmasman-u ko'nglimni ammo, Ishqimda, ahdimda sodiq qolaman. Uzoqdan bo'lsa ham ko'rib yuragim, Shu menga kifoya, shu menga mador, Doimo omon bo'l, shudir tilagim, Samimiy sevgimdan habarsiz dildor.
11:38
Ko'rmagan eding-ku ko'zing bilan O'ldirding-ku meni so'zing bilan Aytgin menga qaysi yuzing bilan Bugun meni hiyonatda meni ayblading
Sevgimizni asr olgan afsus Bizning gullar ko'z yosh to'kar mayus Ishon lek seni sevaman hanuz Lekin meni hiyonatda ayblading
Balki tun bo'yi yig`lagan yomg`ir Seni deb to'kilgan ko'z yoshimdir Oyoq ostingdagi mahzun hazon Men qalbimni ochgan sirdoshimdir
Balkim bahorda muzlagan gullar Yuragimdagi bahtsiz muhabbat Qaydan bilasan balkim borliging Meni yashash uchun undar faqat
Haqiqatga termulaman ko'zim yoshlanib, Yasholmaymiz to'rt devorga bizlar qamalib. Kimdir oila boqaman deb chetga intilar Tashqarida ming afsuski g`urur toptalar Bir qog`oz parchasi asli o'sha pul, Biroq o'sha xal qiladi kim qirol, kim qul. Olmosni tanlaymiz deya tanlanadi kul Nega adashamiz biz qaytadan nuqul Kiymiga qarab biz orttiramiz do'st Odamgarchilikni bilmay qolamiz biroz Bu hayot bir kam dunyo odamzotga hos Asli toshqin narsalar nazaringda oz Did haqida bahs qilamiz, qilamiz garov Munosabat buziladi yonadi olov O'zimizcha pas ketamiz qilsak iltimos Ko'ngilga kalit esa shirin so'z halos!!!