Sevgi manman yuraklarni ham bo'ysuntiradi, dimog'dorlarni shavqatga o'rgatadi, ammo uning asosiy xususiyati — nimaiki bor, barini nafosatga o'rab, yuksaklarga ko'taradi. Mayn Rid
17:10
Yo asling kabi ko'rin, yo ko'ringanin kabi bo'l. Jaloliddin Rumiy
"So'zlagan vaqtimda og'zimdan yomon so'zlar ham chiqib ketishi mumkin. Dushmanim esa og'zimdan chiqqan yomon so'zlarnigina terib oladi. Chunki dushmanning nazari yomondan bo'lakka tushmaydi." Sa'diy
17:08
Oldin bilib olib, keyin so'zlagil, Zarni topib, so'ngra xarjin ko'zlagil. Ganjaviy
Eng katta xato odam o`zini hamma narsada benuqson deb bilishidir. Karleyl
17:07
Ilm moldan yaxshidir, u seni muhofaza qiladi, molni esa, sen qo'riqlaysan. Ilm hokim, mol mahkumdir. Mol nafaqa qilish bilan kamaysa, ilm ziyoda bo'ladi. Ali ibn Abu Tolib r.a