Dilim xuftor kunduzimni tunday qilib
Uchrashuvga kelmadi u shunday qilib
Xo`rliklarim kelib ketar turib - turib
Endi uni unutayin qanday qilib
Ismimni hech aytolmaydi uyalar
U jilmaysa kun chiqqanday tuyilar
Ismin aytsam olamga nur sochilar
Endi uni unutayin qanday qilib
Dilim xuftor kunduzimni tunday qilib
Va`dasida turmadi u shunday qilib
Balki bir kun so`zlarini unutarman
Ko`zlarini unutayin qanday qilib
Ko`zim yumub ochsamgar sog`inardim
Chekib dardlar yozib hatlar sog`inardim
Barmoqlarin o`pib battar sog`inardim
Endi uni unutayin qanday qilib
Xudo deyman g`amga to`lsin yuraklari
Meni o`ylab ado bo`lsin yuraklari
Birovlarni sevolmasin yuraklari
Endi uni unutayin qanday qilib.Добавлено (25.08.2011, 17:10)
---------------------------------------------
Xamon yodimdadir o`sha lahzalar
Mayin uchgan qordek yurak zorlari
Bizga bag`rin ochgan go`zal lahzalar
Muhabbatday sokin qishning qorlari
Yangi yil muborak bo`lsin azizim
Ketding yuragimni dardga to`ldirib
Yashayman men endi g`amlarni sevib
Umrbod sevaman imkoni bo`lsa
Sevardim umrbod imkoni bo`lsa
Men seni ko`nglimda eslab yig`layman
So`zlaringni aytib qalbim tig`layman
Nima qilay aytgin qalbim titroqda
Ilk sevgim ilk dardim meni qidirsan.
Добавлено (25.08.2011, 17:11)
---------------------------------------------
Bulut boru lekin yomg`ir yo`q
Quyosh boru lekin issiq yo`q
Tun qorong`u lekin yulduz yo`q
Man bormanu lekin yonimda siz yo`q.
Добавлено (25.08.2011, 17:12)
---------------------------------------------
Qorong`uda qor yutib
Yurganim oy biladi
Sizga ko`ngil oldirib
Tinmday ko`rgim keladi.
Добавлено (25.08.2011, 17:14)
---------------------------------------------
Yorim bo`lgin kulib boqay jamolingga
Yorim bo`lgin kirib turgin hayolimga
Yorim bo`lgin yiqilganda suyanchim bo`l
Yorim bo`lgin yig`laganda yupanchim bo`l.
Добавлено (25.08.2011, 17:16)
---------------------------------------------
Atirgulday turasiz
Goh ochilib yurasiz
Sizga beray bir savol
Ayting kimni sevasiz.
Добавлено (25.08.2011, 17:17)
---------------------------------------------
Senla go`zal mening hayotim
Sevgim mening ikki qanotim
Agar sevgim rad etsang jonim
Sevgim bo`lar mening jallotim.
Добавлено (25.08.2011, 17:17)
---------------------------------------------
Senla go`zal mening hayotim
Sevgim mening ikki qanotim
Agar sevgim rad etsang jonim
Sevgim bo`lar mening jallotim.